Yangi avlod energiya jamg‘arish tizimlari
Quyosh, elektr tarmog‘i va generatorlardan energiyani saqlang. Ishonchli, ekologik toza va tejamkor.
Hendera majmuasi — bu nafaqat quyosh panellari va boshqa manbalardan kelayotgan energiyani jamg‘aradi, balki iste’molchilarni barqaror elektr ta’minoti bilan ham ta’minlaydi.
Mazkur yechim alyuminiy-qo‘rg‘oshin-karbon akkumulyatorlari va superkondensatorlardan foydalanishga asoslangan bo‘lib, elektr energiyasini saqlashning ishonchli va ekologik toza usulini taklif etadi.
Tizim tarkibi:
• yangi avlod akkumulyatorlari,
• boshqaruv bloki,
• gibrid invertor.
Mazkur texnologiya O‘zbekistonda yanada barqaror, toza va avtonom energetikani shakllantirishga xizmat qiladi.
Bunday yechimlarni joriy etish — energiyaviy mustaqillik, atrof-muhitni muhofaza qilish va mamlakatning barqaror rivojlanishi yo‘lida muhim qadam hisoblanadi.
4 ta batareyadan iborat energiya saqlash tizimi, umumiy quvvat 10,08 kVt/soat, ishlash kuchlanishi 21,6~28,2V; batareya toki 40-60A; o‘lchamlari 545x600x800 mm, og‘irligi 316 kg, 6 ta 550 vatlik quyosh paneli.
Qo‘llanilish sohalari: Kvartira, 3-4 kishilik oila.
8 ta batareyadan iborat energiya saqlash tizimi, umumiy quvvat 20,16 kVt/soat, ishlash kuchlanishi 43,2~56,4V; batareya toki 40-60A; o‘lchamlari 625x600x1800 mm, og‘irligi 617 kg, 8 ta 550 vatlik quyosh paneli.
Qo‘llanilish sohalari: Xususiy uy, 3-4 kishilik oila.
24 ta batareyadan iborat energiya saqlash tizimi, umumiy quvvat 60,48 kVt/soat, ishlash kuchlanishi 43,2~56,4V; batareya toki 80-120A; o‘lchamlari 1225x660x1800 mm, og‘irligi 1300 kg, 36 ta panel.
Qo‘llanilish sohalari: O‘rta iste’mol uchun, guruhlash mumkin, liftlar, mehmonxonalar, savdo markazlari (TС), biznes markazlari (BC), fermalar, ishlab chiqarish va boshqa.
48 ta batareyadan iborat energiya saqlash tizimi, umumiy quvvat 120 kVt/soat, ishlash kuchlanishi 48 V; batareya toki 240-360A; o‘lchamlari 4205x650x2330 mm, og‘irligi 4700 kg, 60 ta panel.
Qo‘llanilish sohalari: O‘rta iste’mol uchun, guruhlash mumkin, liftlar, mehmonxonalar, savdo markazlari (TС), biznes markazlari (BC), fermalar, ishlab chiqarish va boshqa.
240 ta batareyadan iborat energiya saqlash tizimi, ishlash kuchlanishi 324-423V; batareya toki 160-240A; o‘lchamlari 6,060x2,440x2,600 mm, og‘irligi 22 000 kg.
Qo‘llanilish sohalari: Yuqori iste’mol va uzluksiz ta’minot uchun, yirik ob’ektlar va iste’molchilar.
480 ta batareyadan iborat energiya saqlash tizimi, ishlash kuchlanishi 324-423V; og‘irligi 42 000 kg.
Qo‘llanilish sohalari: Yuqori iste’mol va uzluksiz ta’minot uchun, yirik ob’ektlar va iste’molchilar.